#PlusMessenger yangilandi
Yangi 12.2.3.0 versiyasida:
• Stories’da jonli efirlar:
Stories bo‘limida “Live” (Jonli) yorlig‘i ostida endi jonli efirni shaxsiy yoki kanal nomidan boshlash mumkin.
• Takrorlanuvchi xabarlar:
Kechiktirilgan xabarni rejalashtirganda, uni qanchalik tez-tez yuborilishini belgilash mumkin: har kuni, haftalik, har ikki haftada, oylik, choraklik, yarim yillik yoki yillik.
• Sovg‘alar uchun auksion:
Yangi mexanizm cheklangan sovg‘alarni yulduzlar bo‘yicha eng yuqori taklif bergan foydalanuvchilarga taqsimlaydi.
• Qayta ishlangan panellar:
Yangi “Liquid Glass” (Suyuq shisha) dizayni endi xabar yozish maydoni, bot va kanallardagi tugmalar paneli hamda buyruqlar va hashtaglar menyusiga qo‘llanilgan.
Shisha effekti Sozlamalar > Quvvatni tejash > Chat animatsiyalari bo‘limidan o‘chirib qo‘yilishi mumkin.
Boshqa qo‘shimchalar:
• Profilga saqlangan musiqa uchun maxfiylik sozlamalari.
• QR-kod skaneri orqali yangi kontakt qo‘shish imkoniyati.
• Telegramda saqlangan kontaktlarni qurilma telefon kitobi bilan sinxronlash uchun belgi (checkbox).
• Maxfiylik sozlamalarida kanallardan sovg‘a olishni bloklash imkoniyati.
@plusmsgr_uz
Google Play
Plus Messenger - Apps on Google Play
Plus Messenger is an UNOFFICIAL messaging app that uses Telegram's API
121
50
20
6
4November 22, 2025 59.8K 286 29