imtihon_2025 #Prezident_maktablari 🔔 Hurmatli ota-onalar! 📆 Ertaga… — Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga tayyorlov — TG.ME

#imtihon_2025 #Prezident_maktablari 🔔 Hurmatli ota-onalar! 📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi! ⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi: 🗣Jumladan: ✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim; ✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring; ✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning); ✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi. ❌ Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir! 🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir! ❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart. 📱 1-smena: soat 8:00 da 📱 2-smena: soat 12:00 da 📞 Savollar bo‘yicha: 1206 ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

July 5, 2025 1.8K 3 5