#imtihon_2025 #Prezident_maktabi 🤩 PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI 📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. 📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi. ✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
imtihon_2025 #Prezident_maktabi 🤩 PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH… — Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga tayyorlov — TG.ME
July 1, 2025 1.7K 1 8