🗣 “Tashabbus.sport.uz” loyihasi davom etadi! 💼 Sport vazirligi “Tashabbus.sport.uz” sayti orqali 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikamizning barcha tuman/shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlovning 3-mavsumi uchun arizalar yig'ishni boshladi. 📑 Qanday qilib deysizmi? 🟢Mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan "Tashabbus.sport.uz" platformasiga sport maydonchasi qurish uchun bo'sh yer maydoni rasmi, lokatsiyasi, o'lchami ilova qilingan holda arizalar yuboriladi. 🟢 Arizalar ovoz berishga tasdiqlangach tanlovda ishtirok etish imkoni paydo bo'ladi. ⏺ E'tibor bering, tanlangan yer maydoni maydon o'lchami 20x30 metrdan kam bo'lmasligi, yuqori kuchlanishli tarmoq qurilmalari va boshqa xavflardan holi bo'lishi, daraxtzor va ekinlar hududiga mo'ljallanmasligi lozim. ✔️ Tanlovda avvalgi yillarda vazirlik tomonidan sport maydonchalar qurilgan mahallalarning ishtiroki cheklanadi. ✔️ Shoshiling, imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Mahalla yoshlar yetakchilari bilan birgalikda ariza qoldiring. 💬 Arizalar 13-15-may kunlari qabul qilinadi. Ovoz berish jarayonlari 21-31-may kunlari bo'lib o'tadi. 🟢 Tashabbus.sport loyihasi bo'yicha qo'shimcha savol va taklif paydo bo'lsa, quyidagilar orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin: ⚙️ Call-markaz: (55) 520-90-07, (90) 397-90-89 💙 Telegram: @tashabbus_sport_support 🫥 Jarayonlar bo’yicha batafsil ma’lumot olish uchun mahallangiz yoshlar yetakchisiga murojaat qiling. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Open Budjet doimo biz bn yuting: post #1815 — TG.ME
May 20, 2026 2.4K 2