Milliy sertifikat imtihoni uchun test savollari 5 bo'limdan iborat: ✅… — LEVEL UP ONA TILI | CEFR — TG.ME

📢 Milliy sertifikat imtihoni uchun test savollari 5 bo'limdan iborat: ✅ 1-boʻlim: Tilshunoslik nazariyasi (1-12-savollar ). Bu bo‘limda grammatikadan savollar tushadi. Imlo (2 ta), sinonim (1ta), omonim(1) , so‘z turkumlaridan (2 ta), sintaktik bog‘lanishdan (2-3), morfemikadan (1), tinish belgisidan(1), so'z qo'llash(1), ... ✅ 2-boʻlim: Adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixi (13-17-savollar ). O'qish uchun tavsiya etilgan 40ta badiiy asardan test savollari shakllantiriladi. ✅ 3-boʻlim: O'qish savodxonligi (18-32-savollar ). Bunda ilmiy matndan 5 ta savol, badiiy matndan 5 ta savol hamda bitta g‘azaldan 5 ta savol tushadi. ✅4-boʻlim: Lingvistik va badiiy tahlil (33-44-savollar). Bu bo‘limda ruchka bilan katakchaga yozib, javob beriladigan savollar tushadi. She'riy san'atlar, qofiyalanish, aruz, qit'a, uyushgan bo‘laklar, qo‘shma gap turlari, qit'a tahlili. ✅ 5-boʻlim: Yozma savodxonlik (esse 24/75 ball ). ©Oybek Ulug'murodov ✅https://t.me/ona_tili_levelup

TelegramLEVEL UP ONA TILI | CEFRBu kanal ona tili va adabiyot faniga qiziquvchilar uchun ochildi
March 19, 2026 65