MILLIY SERTIFIKAT BAHOLASH MEZONLARI. ONA TILI VA ADABIYOT: Test… — LEVEL UP ONA TILI | CEFR — TG.ME

⚡️ MILLIY SERTIFIKAT BAHOLASH MEZONLARI. ONA TILI VA ADABIYOT: Test topshiriqlari natijalari qiyinlik darajasi bo‘yicha tabaqalashgan ball berish tizimi asosida baholanadi. 1. Bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshiriqlari quyidagicha baholanadi: ✅ Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i uchun – qiyinlik darajasiga ko‘ra 1,1 ball, 1,7 ball yoki 2,5 ball; ✅ Har bir noto‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i uchun – 0 ball. 2. Bir nechta qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshirig‘i quyidagicha baholanadi: ⭕️ A: 🔸 faqat a banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 0,8 ball; 🔸 faqat b banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 0,9 ball; 🔸 a va b bandlardagi javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 1,7 ball; 🔸 a va b bandlardagi javoblar noto‘g‘ri bo‘lsa – 0 ball. ⭕️ B: 🔸 faqat a banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 1,2 ball; 🔸 faqat b banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 1,3 ball; 🔸 a va b bandlardagi javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 2.5 ball; 🔸 a va b bandlardagi javoblar noto‘g‘ri bo‘lsa – 0 ball. Qisqa javobni talab qiladigan ochiq test topshiriqlarini baholashda quyidagilar inobatga olinadi: — Ochiq test topshirig‘ining javobi bitta harf, so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan bo‘lishi lozim; — Agar talabgor to‘g‘ri javobni ma’nodoshlari yordamida ifodalagan bo‘lsa, to‘g‘ri javob sifatida qabul qilinadi; — Talabgor yozgan to‘g‘ri javobda kuzatilgan texnik, imloviy, uslubiy xatoliklar uchun jarima ball belgilanmaydi (imlo hamda uslubiyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishga qaratilgan test topshiriqlari bundan mustasno); — Agar talabgor talab qilinayotgan to‘g‘ri javob bilan bir qatorda noto‘g‘ri javobni ham yozgan bo‘lsa, mazkur javobga noto‘g‘ri javob sifatida qaraladi (0 ball bilan baholanadi) Kanalga obuna bo'ling 👇 https://t.me/ona_tili_levelup

March 18, 2026 67