Dars berish bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘rganlar biladi: Natijaga… — Stretinka ta’lim — TG.ME

Dars berish bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘rganlar biladi:

Natijaga qobiliyat yetmasligi to‘siq emas. Xohish yetmasligi asosiy to‘siq bo‘ladi.

Makarenko ham buni bilar edi. Shu sababli banditlardan muhandis va shifokorlarni chiqargan edi.

Suxomlinskiy ham buni bilar edi. Shu sababli aqli pastlardan a’lochilarni chiqara olgan edi.

Fizik Devid Doytch ham shuni aytayapti: Matematikani hamma o‘qiy oladi. Yetarlicha qiziqsa, xohlasa bo‘ldi.

Xohish yetishmaydigan zamonda yashayapmiz.

Ta’limdagi o‘zgarish ham sun’iy intellektdan kelmaydi. Bepul darslik va eng zo‘r onlayn ustozlar anchadan beri bor.

Bizga xohlatadiganlar, qiziqtiradiganlar yetishmaydi.

Xohishlar qayerdan keladi?

Atrofimizdan.

Yonimizdagilar xohlayotgan narsani xohlashni boshlaymiz.

Ulardagi narsaga erishishni istab qolamiz.

Rene Jirar buni Mimesis deb atagan edi

Demak,

Bir narsaga erishmoqchimisiz?

O'sha narsaga xohishni kuchaytiring. Qolgan usullarni ishlatish uchun ham xohish kerak.

Xohishni kuchaytirmoqchimiz?

Kuchli xohlayotganlar oldida yuring.

Manba: ©️ Aziz Rakhimov blogi

📱Telegram kanal;
@Olimov_SAT_lessons
🔥1
September 26, 2026 8