Tilimizda keng tarqalgan, ammo e’tiqodga zid, hatto shirkka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar va odatlar bor.
Masalan:
— «Allohga kerak ekan, jonini oldi». (Allohga hech kim kerakmas, zero Robbimiz behojat Zot. Aksincha biz unga muhtojmiz. Ko’z ochib yumgunimizga qadar ham o’z holimizga tashlab qo’yma deb duo qilishimiz kerak).
— «Ota-bobolar ruhi qo‘llasin».
— «Temir pirlari qo‘llasin».
— «Avliyolar qo‘llasin».
— «Arvohlar madad bersin».
— «Onangning ruhi seni saqlaydi». (O’lgan ruh qanday qo’llashi mumkin axir. O’zi duoga muxtoj bo’ladi-ku?! Yolg’iz Alloh taolo qo’llaydi, yordam beradi).
— Ko‘z tegmasin deb ko‘zmunchoq taqish.
— Tumor taqib, uni balodan saqlovchi vosita deb bilish. (Bu kabilar oddiy matox xolos. Axlatga otvorsang, o’zini qutqara olmaydi-yu, seni qanday saqlasin).
Diniy bilim yetishmagani sababli, ba’zida tushuntirilsa ham, odamlar qabul qilishi qiyin bo‘ladi, johillik qilishadi.
Aslida esa mo‘min inson e’tiqodida juda ehtiyot bo‘lishi kerak:
Bizga keladigan har qanday narsa — xoh yaxshilik, xoh yomonlik — Alloh taoloning xohishi va izni bilan bo‘ladi.
U zotning iznisiz hech narsa sodir bo‘lmaydi. Hatto daraxtdagi birgina barg ham Uning iznisiz to‘kilmaydi.
Yana bir keng tarqalgan xato tushuncha bor:
«Namoz o‘qisang, ishlaring yurishadi».
Yo‘q. Biz namozni ishlarimiz yurishishi uchun o‘qimaymiz.
Alloh taolo «O‘qi!» deb farz qilgani uchun o‘qiymiz.
Namoz — Alloh bilan savdolashish emas: «Men namoz o‘qiyman, evaziga ishlarimni yurit», degan tushuncha bo‘lmasligi kerak.
Biz Robbimizga ibodat qilamiz, chunki U shuni buyurdi.
Qolaversa, umrimiz davomida namoz o‘qib, sajda qilib yashasak ham, Alloh taoloning bizga bergan ne’matlarining shukrini to‘liq ado eta olmaymiz.
Chunki U Zot bizni O‘z rahmati bilan ne’matlarga ko‘mib qo‘ygan.
E’tiqodimizni urf-odatlardan emas, Qur’on va Sunnatdan o‘rganaylik. Turli bid’at, xurofot, shirk amallardan Alloh taolodan panoh so’raylik.
Gulruh
@odamlar_orasida2
8
2
2
1August 8, 2026 353 1 10