Ishq “Ishq – porloq yulduzdir, bashariyat koʻzining nur-u ziyosi shundan. Ishq – tovlanib turuvchi gavhardir – insoniyat tojining ziynati va bahosi shundan. Ishq – tole quyoshidir, qaygʻuli dillar tikanzori undan gulshan. Ishq – balqib turgan toʻlin oydir, qorongʻi koʻngillar kechasi undan ravshan. Ishq – keng dengizdir, har toʻlqini yuz aql-u hush kemasini gʻarq qiladi. U baland togʻdir, har choʻqqisining oʻtkir qirrasi ming zuhd-taqvo egasining boshini uchiradi. Ishq – kuydiruvchi shuʼladir, koʻpgina jon va koʻngillarni xashakdek yoqadi. Ishq – alangali chaqmoqdir, koʻpgina jon-u dillarni yolqini bilan kul qiladi. Ishq – ajdahodir, olamni damiga tortmoq uning tilagi. Ishq – qahrli podshohdir, olam ahlini yoppasiga qirmoq uning maqsadi, u har qancha qon toʻkkani bilan zerikmaydi, u har qancha odamni qon qilsa ham qoniqmaydi. Ishq – yashindir, aql-u din xirmonini kuydiradi, u boʻrondir, kuyganlarning kulini koʻkka sovuradi. Ishq – shunchalar qaysarki, uning oldida podshoh ham, gado ham teng, u shunday zulmkorki, uning qoshida iflos-fosiq ham, pokdil oshiq ham bir... Dunyo bozorining gʻavgʻosi va dunyoda bor hamma narsalarning savdoxonasidagi shovqin-suroni – ishq tufaylidir...” Alisher Navoiy
Ishq “Ishq – porloq yulduzdir, bashariyat koʻzining nur-u ziyosi… — 𝑁𝑢𝑟 𝑎𝑙−𝑄𝑢𝑙𝑢𝑏𝑖 🤍 — TG.ME
August 26, 2026 37