Ota oʻz farzandlariga meros etib mol-u dunyo emas, odob-axloq… — 𝑁𝑢𝑟 𝑎𝑙−𝑄𝑢𝑙𝑢𝑏𝑖 🤍 — TG.ME

Ota oʻz farzandlariga meros etib mol-u dunyo emas, odob-axloq qoldirishi kerak. Mol-dunyo merosi kundan kun kamayib, odob-axloq merosi esa oshib boradi. Bu rivoyat fikrimizning dalili: Misr hukmdori bilan Rum hukmdori oʻzaro kelishib, doʻstlik ahdini tuzdilar va oradagi adovatga barham berdilar. Hatto Misr hukmdori Rum hukmdorining qizini oʻgʻliga nikohlab, qizini esa Rum shahzodasiga uzatdi. Ularning doʻstlik va qarindoshlik aloqalari uzoq davom etdi. Bir kuni Rum hukmdori qudasiga bu mazmundagi maktubni yoʻlladi: – Koʻzlarimizning nurlari boʻlmish aziz farzandlarimizning bizlardan keyin ham farogʻatda yashamoqliklari uchun hozirdan chora-tadbir koʻrishimiz kerak. Men oʻgʻlim uchun juda koʻp oltin jamladim. Chiroyli bogʻ va saroy barpo ettirdim. Siz ham shunday qilgandirsiz? Misr hukmdori maktubni oʻqib tabassum qildi va bu javobni yoʻlladi: – Azizim, men sizdan koʻra sal boshqacharoq yoʻl tutdim. Vafosiz mol-dunyo va matohlariga iltifot etmaganim tufayli oʻgʻlimga oltin-u javharlar emas, ilm, hunar, odob, axloqni meros etib qoldirishni istadim. Uni ilmli, hunarli, xushaxloqli qilib tarbiyaladim. Uni yaxshi adab libosi bilan bezadim. Mol-dunyoga qachondir zavol yetadi, ammo men qoldirayotgan merosga hech zamon zavol yetmaydi. Bu meros farzandimni har qanday balo-ofatlardan omon saqlagay...

July 15, 2026 125