Men loyiqmanmi, Robbim? Shu berayotganlaringga, atrofimga jamlayotgan insonlaringga, tuhfa qilayotgan ne'matlaringga... Men o'zi nima ham qildim Sen uchun? Xayollarimda o'ylayman, shu berayotganlaringning haqqini ado qila olamanmi? Umrim poyoniga yetmasdan imtihoningga tayyor bo'la olamanmi? Savollarim ko'p, qay birini aytishni ham bilmayman... Qalbimdagi bir ovoz sekin pichirlayveradi: "Robbingning rahmatidan noumid bo'lma. U hech bir ishni behikmat qilmas..." Mana shu so'z meni yanada Senga yaqinlashtiradi. Duo qilaman, Robbim, meni tashlab qo'yma, nafsimga qul qilma, unga qo'yib bersam nimalarga tortadi meni... Meni men bilan yolg'iz tashlab qo'yma...
May 9, 2026 234