Bir asarni to‘liq anglab o‘qish uchun, avvalo, muallifning ilmiy saviyasi va fikriy ufqini tanish zarur. Chunki matn muallifning darajasida turib o‘qilgandagina o‘z ma’nosini ochadi. Agar aksincha, muallifni o‘zimizning darajamizga tushirib talqin qilishga urinsak, asarning faqat yuzaki qatlamigagina yetib boramiz. Natijada chuqur ma’no ko‘zdan yo‘qoladi, murakkab fikrlar esa noo‘rin e’tirozga sabab bo‘ladi. Hatto kitob oxiriga kelib, anglanmagan haqiqat uchun muallifni ayblashgacha borishimiz ham mumkin. Ba'zida muammo matnda emas, balki unga qanday nigoh bilan qaraganimizdadir. #tafakkur
April 10, 2026 266