Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, DXX tuman bo‘linmasi rahbari E.Oripov, yoshlarga biriktirilgan mutasaddi rahbarlar, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda soha mas’ullari ishtirokida tumanda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda mahallalarda yoshlar bilan ishlash holati, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga manzilli yondashish va har bir mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, natijadorlikni oshirish hamda yoshlar bilan ishlashda mas’ullarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.






