Elon #Tanlov 📣 Tozalik posbonlari rag‘batlantiriladi, eng toza… — Nurobod tumani hokimligi — TG.ME

#Elon #Tanlov

📣 Tozalik posbonlari rag‘batlantiriladi, eng toza mahallalarga esa pul mukofoti beriladi

✅ 100 nafar tozalik posboniga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi
“Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi doirasida sanitar tozalash korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalarida uzoq yillar davomida sadoqat bilan mehnat qilib kelayotgan xodimlarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralarining kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi.


✅ “Eng toza mahalla” tanlovida ishtirok eting
“Eng toza mahalla” tanlovi yakuniga ko‘ra, 14 ta mahalla g‘olib deb topiladi. Har bir g‘olib mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘m ajratilib, xizmat faoliyati uchun bittadan elektromobil topshiriladi.


✅ 100 nafar tozalik posboni velosiped bilan rag‘batlantiriladi
Sanitar tozalash va obodonlashtirish sohasi xodimlari, ekofaollar hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining fidokorona mehnatini rag‘batlantirish maqsadida 100 ta velosiped topshiriladi.


🧡@nur_press
❤1👏1
September 2, 2026 1.9K 6