Nurobod tumani hokimligi: post #50536 — TG.ME

Nurobod tumanida Bilimlar kuni munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bilimlar kuni mamlakatimizda har yili katta shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Yangi o‘quv yilining ilk kuni, ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilar uchun hayajonli va unutilmas lahzalarga boy bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Nurobod tumanida ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash, o‘quvchilar hamda tadbir ishtirokchilari uchun zarur sharoitlarni yaratish va bayram tadbirlarini tartibli tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa mas’ul idoralar rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida maxsus yo‘riqnoma mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda ta’lim muassasalarida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, shuningdek, turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga Bilimlar kuni tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish, o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan profilaktik va amaliy tadbirlar o‘quv yili davomida ham izchil davom ettirilib, mazkur yo‘nalish doimiy nazoratda bo‘ladi.

✅@nur_press
❤6
September 1, 2026 1.9K 8