Nukta | Fikriy uyg'oqlik: post #3715 — TG.ME

#nazm


Bo‘yinbog‘ga bandilar kelib,
Yozishsin, dedilar, barcha barobar.
Yoza boshladilar devorga o‘yib,
Kishanlari ila maxbuslar.

So‘ngra termuldilar o‘shal yoziqqa,
Tamshanib, entikib, bo‘lganicha shod.
Barcha bandi edi bu yurtda,
faqat
"Ozodlik" yozilgan devorlar ozod.

To‘rt tomonni hayqiriq bosdi,
Yurak unutgandi yurakligini.
Hech kim tushunmasdi devorga emas,
Ozodlik odamga kerakligini.

© NajmiddinTURON

Nukta
January 10, 2026 4.5K 14 10