O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinadi
Bugun, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv doirasida universitetda sifatni ta’minlash menejerlari uchun Professional rivojlanish markazi tashkil etiladi.
Markaz faoliyati orqali oliy ta’lim muassasalarining sifatni ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini xalqaro standartlar asosida oshirish, ichki sifatni baholash hamda akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional salohiyatni mustahkamlash va xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
18
12
9
6
4
2
1August 28, 2026 8.1K 22


