QAA vakillari bilan hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi
Universitetimiz rektori Xilola Umarova Buyuk Britaniyaning QAA Bosh ijrochi direktori Karl Leydeker bilan uchrashdi.
Uchrashuvda universitetning QAA xalqaro akkreditatsiya jarayoni, xususan, ichki baholash hisobotini tayyorlash, zarur hujjat va dalillarni shakllantirish, ta’lim sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, QAA bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tajribadan foydalangan holda universitetda ta’lim sifatini doimiy takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda universitetimizda QAA tomonidan institutsional akkreditatsiyadan oʻtishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.