Yangi Toshkentdagi yangi oʻquv binosi mehmonlarda katta taassurot… — O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali — TG.ME

Yangi Toshkentdagi yangi oʻquv binosi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

Yangi Toshkent hududida barpo etilgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining zamonaviy oʻquv binosi mahalliy va xorijiy hamkorlar, professor-oʻqituvchilarga yaqindan tanishtirildi.

Tashrif davomida mehmonlarga talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya xonalari, trening markazlari hamda axborot-resurs markazi namoyish etildi.

Shuningdek, yosh bolali talabalar uchun tashkil etilgan bolalar maydonchalari ham mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Yangi oʻquv binosida yaratilgan zamonaviy muhit, qulay sharoitlar va taʼlim olish uchun keng imkoniyatlar universitetning yangi bosqichdagi taraqqiyotini namoyon etmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
❤19🔥17👏7⚡5👍2
August 26, 2026 8.1K 96