😁😆😁💍 O‘g‘il bola necha yoshda uylanishi kerak? 20 yoshdami? 25 dami? Yoki 30 yoshni kutish kerakmi? 🧐 Aslida, pasportdagi raqamlarning ahamiyati juda kam. erkak kishi uchun yosh emas, uni holati muhim manimcha. - "onam topgan qizga uylanaman, keyin o‘zlari boqib olishadi" deydigan yigit hali oila qurishga tayyor emas. oila bu ota-onani uyidagi kelin uchun ajratilgan "yangi xona" dan iboratmas, oila bu yangi mas’uliyat degan qadrli do'stim sizga etsam.. Uylanishdan oldin yigit kishi kamida bitta sohaning boshini tutgan bo‘lishi shart. "bir gap bo‘lar" deb uylanib, keyin xotinining ehtiyojlari uchun otadan yoki akadan pul so‘rash — biz erkaklarni g'ururiga biroz to‘g‘ri kelmaydi, nima demadiz? 😶 Mening shaxsiy fikrim (50/50): ba’zilar aytadi: "Erta uylansang, birga oyoqqa turasan, barakali bo‘ladi". boshqalar esa: "Oldin uyli-joyli bo‘l, keyin beamlol uylanurasan", deydi. farzandlarizga yaxshi Ona tanlash bu o'zizga chiroyli Xotin tanlshdan keskin farq qiladi.. Xullas (xulosa): yoshingiz 20 dami yoki 30 dami, agar siz: — o‘z qaroringiz uchun javob bera olsez — ro‘zg‘orni tebratishga ko‘ziz yetsa — va eng muhimi, bir insonning baxti uchun mas’uliyatni bo‘ynizga ola bilsez — unda uylaning do'stim, kim sizni qo'lizdan ushab turipti? Yoki hozirgi zamonda "uylanish uchun kamida faloncha puling bo‘lishi kerak" degan chegara bormi? 👇
3
1
1
1
1