😁😆😁💰 Kimning qancha qarzi bor? tashqaridan qaralsa — hamma boy. hammaning puli o‘ziga yetadi: hammada iphone, mashina, kafe, restoran. bay bay bay bay Lekin ichkariga ... 👇 • kimdir bankdan qarzdor • kimdirni do‘stidan qarzi bor • kimdir esa o‘zidan qarzdor (boy berilgan vaqt, imkoniyat, hayot...). 😶 Eng qizig‘i nima bilasilami? Ko‘pincha eng boy ko‘rinadigan odam — aslida eng katta qarzdor bo‘lib chiqadi. chunki u "status"ni ushlab turishi, odamlar u haqida yomon o‘ylamasligi uchun tinmay harakat qiladi. bu to‘g‘rimi? bilmadim, men bu masalaga 50/50 qarayman. juda ko‘p qarz to‘lagan inson sifatida ayta olamanki, "qarzning miqdori asosiy muammo emas." muammo — uni boshqara olmaslikda. 10.000$ qarzi bor, lekin erkin va bemalol yashaydiganlar bor. 100$ qarzi bor, lekin kechasi uxlay olmaydiganlar ham bor. qarzi bor odam o'ziga savol berish kerak: • bu qarz menga haqiqatan ham kerakmi? • uni qaytarish va yopish uchun aniq rejam bormi? Agar javob "Yo‘q" bo‘lsa — demak, muammo aynan shu yerda. pishdiz degani... qarz — bu kelajakdagi daromadingizni bugun ishlatib yuborvosiz degani. u nafaqat cho'ntegizga, balki ruhiyatingizga ham yetarlicha yuk bo‘ladi: erkin mazza qilib yashomisiz, munosabatlarizga tasir qiladi, har doim stressda bo'lasiz. Xullas (xulosa): Qarzi bor odam bilsin - bu dunyoni oxiri emas. dunyoda millionlab odamlar qarz bilan yashaydi. qarz haqida ko'p o'ylash kerak emas, sababi ko'p o'ylaganiz bilan puliz ko'payib qomidi, energiya ketgani qoladi. Shu joygacha o‘qigan bo‘lsangiz, ayting-chi: sizning qancha qarzingiz bor?)
4
2
1
1
1
1
1
1