Umrimda birinchi marta chang‘ida (lyaji) uchishga chiqdim ⛷️ Taassurotlar — zo‘r. Avvaldan shunaqa o‘ylardim: “Tez o‘rganvosam kerak”. Va shunaqa bo‘ldi ham. Sababi oddiy — instruktor bilan ishladim. Shu joyda bitta narsa yana tasdiqlandi: hayotda hamma narsa ustoz bilan tezroq o‘rganiladi. Yolg‘iz o’rganish mumkin, lekin vaqt ko‘proq ketadi, xatolar ham ko‘p bo‘ladi. – Yana bir qiziq holat bo‘ldi. Birinchi marta chiqishimga qaramasdan, eng baland nuqtadan uchishga qaror qildim — 2200 metr 🏔️ 10 lab odamlar: “Bu Xato fikr”, “Pastdan boshlash kerak”, “Birinchi safar uchun og‘ir” dedi. Men esa risk qildim va yuqoriga chiqdim. To‘g‘risi — ha, qiyin bo‘ldi. Rosa qiynaldim. Bu qaror to‘g‘ri emas edi. Lekin bitta narsa to‘g‘ri bo‘ldi: 👉 men riskni ola oldim. Hayotda ham shunaqa: ba’zi qarorlar ideal bo‘lmasligi mumkin, lekin ular sizi o‘zizga ishonishga o‘rgatadi. Xulosa oddiy: — ustoz bilan yo‘l tezroq — risk olish sizni ichizdan o‘stiradi Pastan boshladim - hozir cho’qqidaman 🏂
4
4
1
1
1