Opasi uchun ishkal qilgan "Xudojo'y" akamizni ishlari tarqaldi Hamma… — Nodirbek Life & Code — TG.ME

Forwarded fromJAJamshid Hasanov
Opasi uchun ishkal qilgan "Xudojo'y" akamizni ishlari tarqaldi

Hamma fikr bildirdi. Ko'pchilikni ko'ngli qoldi haligi bloger akamizdan.

Nima bo'lganda ham ikki tomonni mushkulini oson qilsin.

...

Bu bitta blogerni yuzi ochilishi, ochilmagani qancha.

Shaxsan man mashhur akalarni bilaman. 4 ta gapidan bittasida din-diyonat.

Taqvo bo'yicha ajdar jangchisidek o'zini tutadi. Lekin Internetda Iyman. Hayotdan Ivan bo'lib yotibdi.

Xalqni tikkasiga aldayapti, tikkasiga dindan soqqa qilyapti. Balki qachondir you-tube qilib hammasini olib chiqishar. Balki man olib chiqarman. Lekin agressiv ravishda ta'lim yo'nalishida odamlarni "lox" qilyapti.

Shuning uchun esingda bo'lsin, dinni o'rtaga qo'shib san bilan savdolashyaptimi, mahsulotini diniy tomondan tiqmoqchi bo'lyaptimi qizil signal yonsin. Yaxshilab tekshir.

Maksimal ogoh bo'l.

Din bu Rob bilan banda o'rtasidagi munosabat. Shu narsani tushungan odam, ishni o'zidan boshlaydi va atrofga ratsional argumentlar berib, nurni, ziyoni tarqatishni boshlaydi.

Qolganlarni basharasi esa vaqti kelib sekin sekin ochilaveradi.

O'zini panohida bo'l.

Xayrli tun jigar

@khasanov_blog
🔥5❤‍🔥1👍1
August 18, 2026 100 1