Marjona Nodirovna 💬Malika Tavfiq Ko‘ksimda o‘t ketgan o‘rmon… — Marjona Nodirovna |🎻🎵 [rasmiy] — TG.ME

🎙Marjona Nodirovna 💬Malika Tavfiq Ko‘ksimda o‘t ketgan o‘rmon borligin, Ko‘zimda sog‘inchdan xirmon borligin, Birgina, birgina armon borligin, Bilmaysanda sen... Ichimga qancha dard yutishlarimni, Vaslingni tong kabi kutishlarimni, Xajringda qiynalib ketishlarimni, Bilmaysanda sen... Ko‘nglim kabutardek senga uchmog‘in, Har ohdan yuragim qindan ko‘chmog‘in, Betizgin hayolim poying quchmog‘in, Bilmaysanda sen! Hammaga masxara bo‘lganlarimni, Bir kosa sabrdek to‘lganlarimni, Alamim she’rimdan olganlarimni, Bilmaysanda sen... Yashab bo‘lmasligin senla, seningsiz, Menla o‘tmaydigan tuning-kuningsiz, Boshga baloliging, xusnda tengsiz, Bilmaysanda sen... Bahorda gullamay so‘lishlarimni, Tomirda qon kabi ivishlarimni, Kunda bir, kunda bir o‘lishlarimni, Bilmaysanda sen! Chiqar eshigi yo‘q zindonligingni, Shu xasta jonimga darmonligingni, Yashashga eng so‘nggi imkonligingni, Bilmaysanda sen... 🌐 @noddirovna

March 14, 2026 2.3K 1 10