O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANLOV! 🇺🇿
O‘zbekiston Siz uchun nimani anglatadi? ❤️
Tug‘ilib o‘sgan shahringiz, oilangiz, milliy qadriyatlar, sevimli maskanlaringiz, milliy taomlar yoki yurtimizning o‘ziga xos muhiti?
Bu haqda atigi 30 soniya ichida so‘zlab bering! 🎥
🎬 Konkurs mavzusi:
«Men uchun O‘zbekiston - bu…»
30 soniyagacha bo‘lgan qisqa video tayyorlang va O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy hikoyangiz, his-tuyg‘ularingiz yoki unutilmas lahzangizni biz bilan baham ko‘ring.
🏆 3 nafar g‘olib aniqlanadi!
G‘oliblar randomayzer yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi, shuning uchun har bir ishtirokchining g‘olib bo‘lish imkoniyati teng! 🎲✨
🎁 Sovrin: 2 nafar katta va 2 nafar bola uchun Rano Eco Village’da 1 kunlik dam olish 🌿
📩 Tayyor videolaringizni 31-avgustga qadar HR-menejer @nikapharmvladlenahr ga yuboring.
30 soniyalik videoda eng muhimi - Vatanimizga bo‘lgan mehringiz va O‘zbekistonni aynan Siz uchun o‘ziga xos qiladigan jihatlarni aks ettiring! 🇺🇿❤️

2August 26, 2026 276 1