Orzularda suzgan kemamiz endi quruqlikda.
Qalbimdagi shovqini saqlay olmayman jimlikda.
Bizni munosabat goʻyo xafli koʻprikda...
Mendan toʻygan lek, men toʻymagan shahar.
Barcha nozik qalbli, goʻyo men badjahl.
Qalbingda tugʻyonlaring boʻlmaguncha hal.
Yetib boraman, meni shunchaki chaqir...
Men ketsam buyerlarda yomgʻir yogʻmas.
Sevgimni rad etgan bu insonlar sogʻmas.
Men ketsam yulduzlar senga quloq solmas.
Boshqalar tikonlardan gullar yasolmas... Sen uchun(
Koʻz yoshinga choʻkishing balki xato.
Balki menga hislaringdi aytishingni top.
Oxirida hammasidan boʻlasan judo.
Shu bilan sen oʻzingni ham etasan ado...
Ayt nima darddasan?, nima darddasan?
Sinib borar yuragimiz oʻrtasi.
Aytgin endi nimadan qoʻrqasan?
Manzil baxtsizlik dengizini koʻrfazi...
@newcarry28
