Hurmatli bitiruvchi talabalar! Sizda biznes boshlash istagi yoki aniq… — Umid Valiev — TG.ME

🏦 Hurmatli bitiruvchi talabalar!

Sizda biznes boshlash istagi yoki aniq bir loyiha g‘oyasi bormi? Aynan shu tashabbuslarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus so‘rovnoma yo‘lga qo‘yildi.

So‘rovnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori asosida “Kelajakka qadam” markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

🕐 Uni to‘ldirish uchun ko‘pi bilan bir necha daqiqa vaqt sarflaysiz. Sizning javoblaringiz va g‘oyalaringiz amaliy yordam, moliyaviy ko‘mak hamda tadbirkorlik yo‘nalishida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Imkoniyatni boy bermang — bugungi g‘oya ertangi muvaffaqiyatga aylanishi mumkin!

👉 So‘rovnomada ishtirok eting:
🔗https://bit.ly/4s0iwc4

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥2
February 18, 2026 366 2