Ro'ziqul Berdiyev: "Bu o'yinni yutmasak bo'lmasdi, g'alabaga munosib… — Nasaf Muxlislari — TG.ME

🔵 Ro'ziqul Berdiyev: "Bu o'yinni yutmasak bo'lmasdi, g'alabaga munosib edik. Shoshmay harakat qilganimiz yaxshi bo'ldi, agar shoshib qolganimizda kerakli natijaga erishmagan bo'lardik. Aksar raqiblar bizga qarshi himoyaviy sxemani tanlab, qarshi hujum asosida o'yinni quryapti. Bugungi raqibimiz ham shunday usulda harakat qildi. Bir-ikkita vaziyatlarni inobatga olmaganda qarshi hujumlarga imkon bermadik. Qaysidir vaziyatda raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi, lekin o'yin tomonlama to'liq ustunlik bizda bo'ldi. Natijada gol urib g'alaba qozondik"

- "Nasaf" yaxshi hujum qilyapti, kombinaciyalari ham chiroyli, faqat oxirgi zarbani beradigan o'yinchi topilmayapti. Futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch yo'qmi?

- Ishonch bor, faqat sovuqqonlik yetishmayapti. Jarima maydonchasi oldida va ichida birmuncha sovuqqonlik bilan harakat qilish kerak bo'ladi. Bu haqda ko'p gapiryapmiz va yigitlardan shuni talab qilyapmiz.

Manba: Championat.asia

@nasaf
👍37❤14🎉1
July 29, 2026 5.2K 12 2