#Mustaqillik_darsi
Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti o'qituvchisi I.Karimov tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori asosida “Mustaqillik darslari” yuksak saviyada oʻtib berildi. Ushbu tadbirlar fakultetning barcha guruhlarida muntazam va izchil tarzda davom ettirilib, talaba-yoshlarning faol ishtirokiga sabab bo‘lmoqda.
Dars jarayonida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ulkan yutuqlar, xalqimizning milliy o‘zligini anglashi, vatanparvarlik ruhi hamda jamiyatda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati talabalarga chuqur va tizimli tarzda yoritib berilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, ularning ta’lim-tarbiyasi, kasbiy mahoratini oshirish va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ham keng ma’lumotlar berilmoqda.
Umuman olganda, ushbu tadbirlar talaba-yoshlarda Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat, milliy g‘urur, jamiyat oldidagi mas’uliyat hissi va o‘z kasb-koriga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda, shuningdek, ularni kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida faol ishtirok etadigan barkamol shaxslar sifatida tarbiyalashga katta hissa qo‘shmoqda.
Fakultetdagi eng soʻnggi yangiliklarni kuzatib boring!
Ijtimoiy fanlar fakulteti axborot xizmati
September 7, 2026 45




