"Yashang dadasi, borizga shukur. Alloh topganingizga baraka bersin..." va hokazo gaplar.
"Onani o'rni katta, avval onasini ko'rib keyin qiz ol" degan gaplar qanchalik to'g'ri ekanini endi-endi tushunyabman. Avvalari qo'shilmasdim bu gapga. Qiz onadan boshqacha bo'lishi mumkinku derdim. Hozir 100% qo'shilaman. Qiz bola harakter jihatidan boshqacha shakllanishi mumkin, lekin aynan uydagi oila a'zolar bilan munosabat, tarbiya usuli, muhit hammasini onasida ko'rganini qilarkan

Hozir onamni otam uchun qilgan duolari, meni tilimdan juftim uchun chiqadi. Aynan uyda shuni ko'rganim uchun erkak kishini oilasi uchun qiladigan ishlarini shunchaki "majburda endi" deb qarolmayman.
Habibiy juda sokin, deyarli hech nimani bildirmaydigan odamlar. Lekin, annniq bilaman doim rahmat aytishim yoqadi ularga

Shunaqa gaplar qizlar, juftlaringizni doim duo qiling
@mushkannbar




