Hozirgi davrga kelib "sevgi, muhabbat" tushunchasi juda zaiflashib ketdi nazarimda. Bunga sabab esaa, tabiiyki internet. Chunki hamma faqatgina baxtli, saodatli hayotini, sayohatlarini joylaydi. Boshqalar nima joylashiga ishimiz bo'lmasligi kerak aslida. Masalani asli, joylangan chiroyli hayotga ishonib, o'zimizni ne'matlarimizni unutib qo'ymaslik. Boshqalarni juftini ko'rib, o'z juftimizdan norozi bo'lmaslik. Muhabbat bu faqatgina hadya qilingan gullar emas, faqatgina kafelarga oborish, sayohatlar qildirish emas๐ "Charchadingmi? Sen dam ol unda" deyish ham muhabbatโค๏ธ "Uyga bozorlik qilyabman, nimadir yeysanmi, nima olay" deyish ham muhabbatโค๏ธ Ishdan chiqib, ko'cha-kuyda aylanib yurmasdan, to'g'ri uyga kelish ham muhabbatโค๏ธ "Uyingga borib kelasanmi, xohlasang bir ikki kun yotib qol, shirinliklar ham olib ol" deyish ham muhabbatโค๏ธ "Puling bormi?" deyish ham muhabbatโค๏ธ Ayollar hissiyotga beriluvchan bo'lgani uchun, ba'zan instagramda ko'rganlarimizga aldanib, ko'zimiz ko'r bo'lib qoladi. Shu payt zavjingizni yaxshi jihatlarini eslashga, sizga qilgan yaxshiliklarini, mehribonchiligini eslashga harakat qiling. Va yoningizdagi juftingiz uchun hamd ayting๐ #kelinlar @mushkannbar๐
Hozirgi davrga kelib "sevgi, muhabbat" tushunchasi juda zaiflashibโฆ โ ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐ โฅ โ TG.ME
October 20, 2024 3.9K 30