2-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining… — Mumina.uz — TG.ME

2-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Marosimda Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.
Islom Karimov mamlakatimiz tarixining gʻoyat murakkab va masʼuliyatli davrida Oʻzbekistonga rahbarlik qildi. Uning nomi mustaqillikning qoʻlga kiritilishi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi va yurtimizning mustaqil taraqqiyot yoʻliga chiqishi bilan uzviy bogʻliq.

Istiqlol tufayli biz oʻzligimizni angladik, nomi hamisha eʼzozda boʻlgan ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chogʻida uning maqbarasini ziyorat qilish ezgu anʼanaga aylandi.

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham boʻlib oʻtdi.

🚀@muminauz 🌺
📱muminauzportali
👍6❤5
September 2, 2026 1.9K 3