Ingliz tilini 2013-yildan beri aktiv o'rganuvchisiman. To'g'ri, men 8 yillik tajribaga ega ustozman lekin doimiy inson o'zini ustida ishlab turmasa bilim o'tmaslashadi - bu aniq.
Imkon bo'lishi bilan imtixon topshiraveraman - asosiy maqsadim esa o'zimga hali ham yetarli darajada ekanligimni isbotlab turish va o'quvchilarimga ishonchli ta'lim berish uchun imtixon formati bilan doim tanishib turish.
Har safar imtixonga kirganimda yangi o'rgangan bilimimni amalda sinayman va keyin o'quvchilarimga ham uni o'rgataman - sinalmagan narsani tavakkaliga o'rgatsam men tufayli past natija olishlarini xohlamayman.
Imtixon topshirish men uchun hobby
Real fakt - mazza qilaman. Qanaqa natija bo'lishidan qat'iy nazar men harakat qilyapman. Sertifikatim muddati tugashini 2 yil kutib yura olmayman. Xuddiki, yangilab turmasam qurolsiz qoladigan askardek his qilaman o'zimni.
Ichmayman, chekmayman - sog'ligim uchun zararli ish qilmayman. 2019-yildan beri sertifikat olishga mukkasidan ketganman
Doimiylik - talantdan ham muhim narsa
Ko'pchilik iste'dod bo'lsagina nimagadir erishish mumkin deb o'ylashadi. Lekin aslida bir mashg'ulotni doimiy amalga oshiravergan inson har qanday narsaga erisha oladi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, yoqsa yoqmasa, xohish bo'lsa bo'lmasa harakat qilaverish kerak. Hech narsa insonga osongina kelib qolmaydi - bo'lmasa hamma zo'r bo'lib ketar edi. Tug'ma talant bo'lishi bu jarayonni nisbatan tezlashtiradi. Lekin mehnat qilinmagan talant natijasi 0 bo'lishi aniq.
Written by Shoxrux Marufjonov














