CEFR Listening Part 5 — Nega aynan shu partda xatolaringiz ko‘payadi… — MULTILEVEL ZONE — TG.ME

🌟 CEFR Listening Part 5 — Nega aynan shu partda xatolaringiz ko‘payadi dears ?

Ko‘pchilik dastlabki partlarda yaxshi ishlaydi, lekin Part 5'ga kelganda diqqat pasayadi, audio tezroq tuyuladi va variantlar chalg‘ita boshlaydi. Buni quyidagi usul bilan hal qiling , shaxsan oʻzim oʻrgatib oʻtaman :


🔸Savolni emas, farqni o‘qing

Variantlarda bir-biridan nimasi bilan farq qilishini oldindan belgilang. Audio aynan shu farqni tekshiradi.


🔸Birinchi eshitilgan javobga ishonmang

Speaker fikrini o‘zgartirishi, tuzatishi yoki aniqlashtirishi mumkin. Oxirgi ma’noni tanlang.

🔸Keyword emas, paraphrase qidiring

Savoldagi so‘z audio'da aynan takrorlanmasligi mumkin. Ma’nodosh yoki boshqa grammatik shaklni kuting.

🔸Bitta savolni deb keyingilarni boy bermang

Eshitmay qolsangiz, taxmin qiling → belgilang → darhol keyingisiga o'ting. Orqaga qaytib qolish eng katta xatolardan biri.


📌 Eng muhim qoida: Part 5'da “eshitdim = javob” emas, “eshitdim → tekshirdim → ma’nosini tasdiqladim” tamoyili bilan ishlang.

Xohlasangiz shu tavsiyalar asosida bitta listening part 5 ishlab kóramiz ....
❤29❤‍🔥7🔥6🆒4😈2🫡2
September 1, 2026 4.6K 10 39