Dasturchilik Kamoloti. 1-qism.
Kod sifati - Dasturlash tili standartlari
Bir necha yillik tajribaga ega aksariyat dasturchilar tabiiy ravishda o'zlarining shaxsiy kod yozish uslublarini yaratishadi. Masalan, o'zgaruvchilarni nomlashda va dastur kodini "package/module"larga ajratishda. Bunday uslubga ega bo'lishning ko'p ustunliklari bor: tezroq kod yozasiz, kod o'zingiz uchun tushunarliroq bo'ladi va hkz.
Jamoaviy proyektlarda, shu jumladan, ishingizda to'liq o'z uslubingizda yozishingiz to'g'rimi?
Har bir dasturlash tilining o'z standarti, tavsiya etilgan qoidalari mavjud. Ularni "<dasturlash tili> style guide", deb qidirib, topsangiz bo'ladi: "Python style guide", "Kotlin style guide". Ushbu qoidalar dasturlash tilini yaratganlar yoki uni yangilab boradiganlar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, tildan foydalanishdagi eng yaxshi amaliyotlarni o'z ichiga oladi. Ba'zi kompaniyalar o'sha qoidalarni yanada rivojlantirib, kompaniya uchun ichki qoidalarni yaratishi (yoki rasmiy style-guide'dan foydalanishni talab qilishi) mumkin.
Siz, avvalo, shu standartlarni o'z uslubingizdan ustun qo'yishingiz kerak.
Bunday qoidalar nimaga kerak?
Kod yozishda ham hammaning ta'bi har xil bo'ladi. Bir odamning kodi boshqa odamga tushunish uchun qiyinlik qilishi mumkin. Bir xil standartdan foydalanish esa shunday tafovutlarni kamaytiradi va kod o'qishni osonlashtiradi.
Kod o'qishga kod yozishdan ko'ra 10 barobar ko'p vaqt sarflaysiz! Kodning hamma uchun tushunarli bo'lishi – juda muhim.
Standartlardan foydalanishni qanday boshlash kerak?
Style-guide'lar shunchaki o'qib chiqsangiz, esda qolmasligi mumkin. Keyingi safar shunday qiling:
• Kod yozishdan oldin o'zingiz ishlaydigan kompaniyada siz ishlatayotgan dasturlash tili uchun style-guide bor-yo'qligini tekshiring.
• Agar bo'lmasa, rasmiy style-guideni toping (o'qishingiz shart emas, faqat toping).
• Ozroq kod yozganingizdan keyin kodingizda nimalardan foydalanganingizga e'tibor bering (class, function, conditions, filters, ...).
• Keyin style-guide'dan o'shalar uchun berilgan tavsiyalarni o'rganib, kodingizni to'g'rilang.
Boshida bu ko'p vaqt olishi mumkin, lekin vaqt o'tgan sari qoidalar esingizda qolib, kodingiz sifati oshadi.
Jamoangiz bunday qoidalardan umuman foydanmaydimi?
Siz boshlab bering. Boshqalarga namuna bo'ling. Boshqa dasturchilarga ham shunday qilishni tavsiya qiling.
Happy coding!
#engineeringexcellence
@muhammadjohns
Goodreads
A quote from Clean Code
Indeed, the ratio of time spent reading versus writing is well over 10 to 1. We are constantly reading old code as part of the effort to write new code. ...

16
3
2February 11, 2025 1.3K 2 9