🔸Sunnat namozlarini deyarli oʻqishmaydi, bu sunnati muakkada boʻlishiga qaramay
🔸Namozdan keyingi zikrlarni ham deyarli aytishmaydi, bu sunnati muakkada boʻlishiga qaramay
🔸Koʻpchilik bir mazhabni ushlashmaydi, undan bundan olaverishadi, bu omi uchun vojib boʻlishiga qaramay
🔸Deyarli koʻpchilik boshini yopmaydi namozda (doʻppi, salla), mustahab sunnat boʻlishiga qaramay
🔆Xulosa: arablarda Qurʼon yodlashga boʻlgan ishtiyoqlari, diniy bilimlarga qiziqishlari bizdan kuchliroq boʻlsa-da, lekin ayrim juda nozik masalalarda bizda ham ustuvorlik borligi yaqqol seziladi, agar adolat koʻzi bilan qaralsa. Misol bizdagi kelishuvchanlik, muomala madaniyati, shirinsoʻzlik, farosatga arablar oʻzi (koʻp gaplashganlarim aytgan) tan beradi.


