Bugun OpenAI kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydik. Bu bilan biz nimaga erishamiz?
— OpenAIʼning taʼlim resurslaridan bevosita foydalana olamiz;
— OpenAI jamoasi bilan yaqindan ishlay olamiz;
— Taʼlim dasturlarimizda yangi SI vositalarini tezroq joriy qila olamiz.
Biz yillar davomida sunʼiy intellekt taʼlimi rivojiga hissa qoʻshib keldik. Bu hamkorlik harakatlarimizning aynan OpenAI belgilagan standartlar bilan mos ekanini anglatadi.
Hamkorlik kurs va dasturlarimizga qanday taʼsir qilishi haqida tez orada batafsil gapirib beramiz.
@mohirdev








