#Mustaqillik35 #Uzb35
“Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi doirasida loyiha hamkorlari bilan uch tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “UNICON-SOFT” kompaniyasi bosh direktori Umid Usmanov, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i, polkovnik Azizxon Umarxonov, Vatan universiteti rektori Muhammadismoil Mahmudov, “MAAB Innovation” akademiyasi rahbari Sherzod Ibragimov hamda “SZS Trucking” kompaniyasi rahbari Zokirxon Komilxonov ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida yo‘lga qo‘yilgan “Ikkinchi imkon” loyihasi bugungi kunda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli umummilliy harakatga aylanmoqda.
Batafsil:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X