Mustaqillik35 #Uzb35 🌟Unicon Soft’da zamonaviy ilmiy-tadqiqot… — Digital.uz — TG.ME

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Mustaqillik35 #Uzb35

🌟Unicon Soft’da zamonaviy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

🟢Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

⏩Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan raqamli texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot va yuqori texnologik ishlab chiqarishni o‘zaro uyg‘unlashtirish, yoshlarni zamonaviy kasb va texnologiyalarga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa mamlakatimizda yangi texnologik yechimlar va innovatsion mahsulotlarni yaratishga xizmat qiladigan zamonaviy ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish uchun muhim zamin yaratmoqda.

❕Davlatimiz rahbari Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham ta’lim, texnologik sinov va ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zaro integratsiya qiluvchi yagona ekotizim — zamonaviy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab bergan edi.

🟦Mazkur topshiriq va tashabbuslar ijrosi doirasida “Unicon Soft” MChJ zamonaviy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik (R&D) markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

#️⃣Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Unicon Soft” MChJda tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati va laboratoriyalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/211893

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
August 29, 2026 2.2K 25