– Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish,
– dedi davlatimiz rahbari.
Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi.
Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.
Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.
Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.
– Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X
