Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida keyingi o‘n yil davomida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida keng ko‘lamli va ortga qaytmas islohotlar amalga oshirildi. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida xalqimizning farovon hayotini ta’minlash, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan yangilash, zamonaviy infratuzilmani yaratish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ro‘y berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar yurtimiz taraqqiyotining yaqqol ifodasidir. So‘nggi yillarda zamonaviy uy-joylar, yangi massivlar, obod mahallalar, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va muhim infratuzilma obyektlari bunyod etilib, xalqimizning munosib va farovon hayot kechirishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Bugun yurtimizning qaysi hududiga nazar tashlamaylik, ulkan bunyodkorlik va yangilanishlarni ko‘ramiz. Bu ezgu ishlarning barchasi xalqimizning bugungi hayotini yanada farovon, ertangi kunini esa yanada obod va porloq etishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha ahil va birdam bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy, xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin!
Hurmat bilan
Sherzod Hidoyatov
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|








