Mustaqillik_35_yil 💥 “Mehnat shuhrati” ordeni soha fidoyisiga… — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI — TG.ME

#Mustaqillik_35_yil

💥 “Mehnat shuhrati” ordeni soha fidoyisiga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi bosh direktori Elmuradov Bobir Xamidovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov mazkur yuksak davlat mukofotini Bobir Elmuradovga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu e’tirof Bobir Elmuradovning sohada ko‘p yillik samarali mehnati, shaharsozlik va loyihalash yo‘nalishidagi faoliyati hamda mamlakatimiz qurilish sohasi rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissining yuksak e’tirofidir.

💐Taqdirlangan hamkasbimizni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
👍13❤4👎1👏1🕊1😍1
August 29, 2026 2.1K 19