Mustaqillik_tuhfasi Xorazmda yangi sport maydonchalari foydalanishga… — Sport vazirligi — TG.ME

#Mustaqillik_tuhfasi

Xorazmda yangi sport maydonchalari foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Urganch tumanining “Turkmanlar” va “Tandirchi” mahallalarida zamonaviy sport maydonchalari foydalanishga topshirildi.

“Turkmanlar” mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabi hududida barpo etilgan universal sport maydonchasi 2025-yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika bosqichida 27–30 yosh toifasida stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan Masharipova Mehribon tomonidan mahalla yoshlariga tuhfa etildi.

“Tandirchi” mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabi hududida esa strit workout sport maydonchasi barpo etildi. Mazkur inshoot mahalla jamoasining stritbol bo‘yicha musobaqada 2-o‘rinni egallagani munosabati bilan Sport vazirligi tomonidan bunyod qilindi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❤5👏2🎉1
August 29, 2026 2.8K 8