🇺🇿🇬🇪 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi bilan boradi. Bu so‘nggi 23 yil ichidagi oliy darajadagi ilk tashrif. So’nggi marta O‘zbekiston rahbarining Gruziyaga tashrifi 2003-yilda amalga oshirilgan.
Munosabatlarning yanada tarixiy ildizlariga nazar solsak:
📜 1. Buyuk Ipak yo‘li bugungi O‘zbekiston va Gruziya hududlarini asrlar davomida bog‘lab turgan.
Bugungi O‘zbekiston hududi (Samarqand, Buxoro) va Gruziya (Tbilisi, Poti) Buyuk Ipak yo‘lining muhim bo‘g‘inlari bo‘lgan. Sharqdan kelgan karvonlar aynan Gruziya orqali Qora dengiz va Yevropaga yo‘l olgan.
💰2. Samarqand va Tbilisi o‘rtasidagi qadimiy savdo yo‘li. Samarqand va Buxorodan chiqqan savdo karvonlari Kavkaz orqali Qora dengiz portlariga, u yerdan esa Vizantiya va Yevropa bozorlariga yo‘l olgan. Tbilisi esa bu yo‘llarning muhim savdo markazlaridan biri bo‘lgan.
🐪 3. Gruziya va Movarounnahrni bog‘lagan karvonlar. Markaziy Osiyo va Kavkaz o‘rtasidagi savdo nafaqat ipak, balki otlar, metall buyumlar, qimmatbaho matolar va ziravorlar almashinuviga ham xizmat qilgan.
💼 4. Qiziq tarixiy fakt. Gruziya O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yilning o‘zidayoq tan olgan. Rasmiy diplomatik munosabatlar esa 1994-yil 19-avgustda o‘rnatilgan.
7
51
28
18
14
3
51
28
18
14
3July 1, 2026 12K 20