Hurmatli Prezidentimiz!
Siz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlaringiz, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, ommaviy axborot vositalari hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil siyosatingiz mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda.
Milliy telekanali jamoasi davlatimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan bunyodkorlik ishlaringiz bardavom bo‘lishini tilaydi.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.






