Buyuk Britaniyada 2025 yil uchun minimal ish haqi miqdori o'zgardi… — Migration.uz | Хабарлар — TG.ME

🇬🇧 Buyuk Britaniyada 2025 yil uchun minimal ish haqi miqdori o'zgardi

Buyuk Britaniya Hukumati 2025 yil 1-apreldan amal qiladigan yangi Milliy Minimal Maosh (NMW) stavkalarini tasdiqladi. Quyidagi asosiy o'zgarishlarni ko'rib chiqing:

🔹 National Living Wage (21 va undan katta yoshdagilar): soatiga £11.44 → £12.21 (+6.7%)
🔹 18-20 yoshdagi ishchilarning stavkasi: soatiga £8.60 → £10.00 (+16.3%)

Eslatib o'tamiz, soatiga £12.21 bugungi kurs bo'yicha 15.41 $ ni tashkil etadi.

Bu o'zgarishlar Buyuk Britaniyaning eng past maoshli ishchilarining daromadlari va hayot darajasini yaxshilashga qaratilgan. Ayniqsa, yosh ishchilar uchun maoshlarni oshirishga e'tibor qaratilgan.

📊 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun O'zbekiston Xususiy Bandlik Agentliklari Uyushmasiga murojaat qiling!

@migration_TMMA
December 14, 2024 1.1K 3 15