Mentalaba.uz: post #2455 — TG.ME

❗️OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 4,9 mln so‘mni tashkil etmoqda

2025-yil iyulidan 2026-yil iyunigacha bo‘lgan davrda bitiruvchilarning respublika miqyosidagi o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi.

Ta’lim yo‘nalishlari kesimida o‘rtacha daromad:
Ijod (sport) yo‘nalishlari — 6,33 mln so‘m;
Amaliy fanlar — 5,5 mln so‘m;
Ijtimoiy-gumanitar fanlar — 4,61 mln so‘m;
Tibbiyot fanlari — 4,43 mln so‘m.


Bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi eng yuqori bo‘lgan ta’lim tashkilotlari:
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filiali — 23,4 mln so‘m;
Toshkent shahridagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m;
Toshkent xalqaro Vestminster universiteti — 12,5 mln so‘m.


ℹ️ Bunda rasmiy qayd etilgan daromadlar nazarda tutiladi. Indeksni hisoblashda bitiruvchining daromadi u istiqomat qilayotgan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan solishtiriladi.

😊😊😊😊😊😊😊

Telegram bot | Telegram kanal | Instagram
😁2🔥1