CHPJB disfunksiyasi va degenerativ o‘zgarishlarida bemorlarning… — STOMA BLOG 🦷 — TG.ME

CHPJB disfunksiyasi va degenerativ o‘zgarishlarida bemorlarning asosiy shikoyatlari Quloq oldi sohasida yoki chakka atrofida og‘riq 🔴Og‘iz ochishda qiyinchilik yoki cheklanish 🔴Og‘iz ochganda “shiqillash”, “krepitatsiya” tovushlari 🔴Jag‘ning qotib qolishi yoki “blok” bo‘lishi 🔴Chaynash vaqtida og‘riq va noqulaylik 🔴Pastki jag‘ harakatida deviatsiya (bir tomonga og‘ishi) 🔴Ertalab jag‘ mushaklarida charchoq yoki taranglik 🔴Bosh og‘rig‘i, ayniqsa temporal sohada 🔴 Quloqda shovqin (tinnitus), dimog‘lik hissi yoki quloq og‘rig‘i 🔴Tishlarni qisish/bruksizm bilan bog‘liq simptomlar 🔴Yuz mushaklarida spazm yoki palpatsiyada og‘riq ➿➿➿➿➿➿➿➿➿ TMJ disfunksiyasi ko‘pincha mushak-komponentli bo‘lsa, degenerativ holatlarda esa bo‘g‘imning struktur o‘zgarishlari (disk, kondular soxa, suyak yuzalari) ustun bo‘ladi. ❗️ Bu kabi simptomlarni bemorlar ko'pincha o'zlari turli sózlar bilan bizga aytadi, shunda bógim muammolarini hisobga olgan holda davolash protokollarini tuzishimiz yoki bemorni gnatologga yónaltira olishimiz lozim ✅ https://t.me/medstudent_5

TelegramSTOMA BLOG 🦷🧊A student of the medical institute✅🦷 🧊💉stomatolog🦷 🦷Ortodontiya🔹 🔲Ortopediya🔹 🔲Endodontiya🔹 🔲 Restavratsia🔹 🔲Xirurgiya/implantologiya🔹 📌🌐Kanal ochildi: 29.…
May 15, 2026 122