Hurmatli mcDatabase.uz foydalanuvchilari va sotuvchilari!… — mcDatabase — TG.ME

Hurmatli mcDatabase.uz foydalanuvchilari va sotuvchilari!

mcDatabase.uz texnik ishlardan so‘ng muvaffaqiyatli tarzda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Barcha asosiy texnik ishlar yakunlandi va sayt dizayni foydalanuvchilar hamda sotuvchilar uchun yanada qulaylashtirildi.
Hozirgi yangilangan dizayn asosan kompyuter foydalanuvchilari uchun optimallashtirilgan. Yaqin 1–2 kun ichida esa telefon foydalanuvchilari uchun ham universal, qulay va zamonaviy dizayn taqdim etiladi.

Endilikda saytimizda Java va Bedrock foydalanuvchilari o‘zlariga kerakli resurslarni istalgan kategoriyadan bemalol xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, Bedrock foydalanuvchilari uchun bir nechta yangi bo‘limlar ham qo‘shildi.
Yana bir muhim yangilik — sotuvchilar endilikda Java Edition uchun modlarni ham mcDatabase.uz platformasiga joylashtirishlari va sotishlari mumkin. Bu orqali mod yaratuvchilari o‘z resurslarini kengroq auditoriyaga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu bilan birga, texnik nosozliklar sababli ayrim Bedrock sotuvchilarining mahsulotlarini o‘chirishga to‘g‘ri keldi. Ushbu holat uchun mcDatabase.uz jamoasi nomidan uzr so‘raymiz va sotuvchilardan o‘z resurslarini qaytadan yuklashlarini so‘raymiz. Kelajakda bunday holat takrorlanmasligi uchun barcha zarur ehtiyot choralari ko‘rildi.

Yana bir muhim yangilanish — endilikda foydalanuvchilar bir nechta mcDatabase akkauntlarini bitta qurilmaga ulashlari va ular o‘rtasida istalgan vaqtda osonlik bilan almashishlari mumkin. Oldingi yagona akkauntli tizim o‘rniga, endi qurilmangizga xohlagancha mcDatabase akkauntini ulashingiz mumkin bo‘ladi.

Biz mcDatabase.uz platformasini yanada qulay, tezkor va zamonaviy qilish ustida ishlashda davom etamiz. Fikr va takliflaringiz biz uchun doimo muhim.

VebSayt: mcDatabase.uz
Shikoyat hamda takliflar uchun: @suhbatovich
🏆1
August 25, 2026 36 1