Matematika | 𝐈𝐥𝐦 𝐢𝐳𝐥𝐚𝐛: post #1769 — TG.ME

Assalomu alaykum! ✨

Ertaga, inshaalloh, matematikadan milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtadi. Imtihonga kiradigan abituriyentlar va ustozlar uchun baʼzi maslahatlarni aytib oʻtmoqchiman.

🌟 Imtihondan oldingi tayyorgarlik:

1. Imtihondan oldin poklanib, ota-onangiz duolarini olib boring.
🙂


2. Imtihonga kirishdan oldin Allohim oʻzingga tavakkal, imtihonimni oson qilgin. Natijasidan meni noumid qildirmagin deb niyat qiling.
Natijangizdan ham, albatta, rozi boʻling.
🔞


3. Hayajonlanmang! Buni oldini olish uchun 2 ta koʻrsatma beraman:
1️⃣ oʻzingizni psixologik jihatdan tayyorlang; ishoning, bu imtihon juda kichik bir imtihon. Hech narsa boʻlmaydi, hayotingiz tugadi degani emas-ku. Haqiqiy imtihon oxiratda boʻladigan imtihondir, oʻsha imtihonda yutgan haqiqatda ham yutdi... Kimki, oxiratdagi imtihonga haqiqiy imtihon nazari bilan qarasa, dunyodagi bu imtihonlar u uchun juda kichik bir imtihon ekanligini anglab yetadi.
2️⃣ "Bismillah" ni koʻproq ayting. Allohning nomi bilan boshlangan ish, xayrli boʻladi, inshaalloh.


4. Sababini qildingiz, mana shu kungacha tayyorlandingiz. Endi imtihonda Allohga tavakkul qiling. Bir narsani unutmang, bilimingiz zoʻr degani aniq zoʻr natija qilasiz degani emas. Hammamiz Allohnikimiz, barcha narsa uning qoʻlidadir. Biz sabablarini qilamiz, lekin natijani Allohga topshiramiz. Lekin yana bir narsani unutmang, Alloh taolo unga ishongan kishini noumid qildirguvchi emasdir!
❤️‍🔥


5. Qanday savol chiqsa ham qoʻrqmang, xotirjam boʻling. Siz ishlay olasiz.
😊


6. 1 soat ichida variantli savollarni ishlang, chiqqani chiqsin. Chiqmasa oxirida bir qarayman deb qoldiring. Javobi yoziladigan testlarga eʼtiborni qarating. (bu mening xulosam, yana oʻzingiz oʻylab koʻring)
🟣



Imtihonga kiradigan doʻstlaringizga ham ulashib qoʻying ➡️
🔵 @mathematic_certificate
❤5⚡3
February 27, 2026 695 1 4